Anchelotti Ronaldu professionalizmi va tiklanish sirini aytdi

Hozir Braziliya terma jamoasi bilan ishlayotgan taniqli murabbiy Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Anchelottining so'zlariga ko'ra, Ronaldu u ishlagan futbolchilar orasida eng professional o'yinchilardan biri. Murabbiy bir voqeani eslab, portugaliyalik yulduz unga: «Juda ko'p suv o'simlikni o'ldiradi», deganini aytdi. Anchelotti futbol jismonan katta talab qo'yishini, biroq tiklanish jarayoni hal qiluvchi ahamiyatga egaligini ta'kidladi. Uning fikricha, ko'plab jarohatlar aynan ortiqcha yuklama oqibatida yuzaga keladi.
41 yoshli Krishtianu Ronaldu hozir Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to'p surmoqda. Uning shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Ronaldu faoliyati davomida besh bor «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!