date

Anchelotti murabbiylikda hammasi ishonchga bog'liq dedi

Anchelotti murabbiylikda hammasi ishonchga bog'liq dedi

Italiyalik mashhur murabbiy Karlo Anchelotti o'z ishining asosiy jihatlari haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, murabbiylik kasbida eng muhim omil — klub va jamoa tomonidan bildiriladigan ishonch. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Anchelotti bu ishonch yo'qolgan paytda shartnoma ham amalda tugashini ta'kidladi: «Murabbiy bilan tuzilgan shartnoma ishonch bor ekan yashaydi. Meni deyarli hamma joyda ishdan bo'shatishgan. Men o'n klubda ishlaganman va ularning yettitasida meni bo'shatishgan», — deya uning so'zlarini Cadena SER keltirdi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yozdan beri Anchelotti Braziliya milliy terma jamoasini boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida “selesao” Shotlandiya, Gaiti va Marokashga qarshi maydonga tushadi. Braziliya esa 2002 yildan beri ilk bor mundialni yutish maqsadini ko'zlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti murabbiylikda hammasi ishonchga bog'liq dedi