date

Anchelotti Ronalduning tiklanish haqidagi gapini esladi

Anchelotti Ronalduning tiklanish haqidagi gapini esladi

Hozirda Braziliya terma jamoasi bilan ishlayotgan mashhur murabbiy Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Anchelottining aytishicha, Ronaldu u ishlagan futbolchilar orasida eng professionallaridan biri. Murabbiy bir voqeani eslab, portugaliyalik yulduzning: «Juda ko‘p suv o‘simlikni o‘ldiradi», degan gapini keltirdi. Anchelottiga ko‘ra, futbol katta jismoniy talab qo‘yadi, biroq tiklanish ham shunchalik muhim, chunki ko‘plab jarohatlar aynan ortiqcha yuklamadan kelib chiqadi.

41 yoshli Krishtianu Ronaldu hozir Saudiya Arabistonida «Al-Nasr» safida to‘p surmoqda. Uning shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Ronaldu faoliyati davomida besh marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Ronalduning tiklanish haqidagi gapini esladi