date

Mourinyo Vinisius mojarosidan keyingi tanqidlarga javob berdi

Mourinyo Vinisius mojarosidan keyingi tanqidlarga javob berdi

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chempionlar ligasida «Real»ga qarshi bahsdan so‘ng tanqidlar ostida qoldi. U jamoasini irqchilikda ayblash noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi, shuningdek, gol urilgandan keyingi provokatsion nishonlash uslubi uchun Vinisius Juniorni ham tanqid qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv davomida Vinisius maydonda «Benfika» futbolchisi Janluka Prestiyannini o‘ziga nisbatan irqchilik qilganlikda ayblagani aytilmoqda. Mazkur holat yuzasidan UEFA rasmiy tekshiruv boshladi.

Mourinyoni tanqid qilganlar orasida «Bavariya» ustozi Vensan Kompani ham bor. Portugaliyaning O Jogo nashriga ko‘ra, Mourinyo vaziyatni batafsil izohlashni istamadi: «Buni kommentariy qilishni xohlamayman. Faqat shuni aytaman, bu hamma uchun qiyin bo‘ldi — qaysi darajada ekani haqida aniqlik kiritmayman, lekin oson bo‘lmadi», — dedi u.

«Real» va «Benfika» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mourinyo Vinisius mojarosidan keyingi tanqidlarga javob berdi