Anchelotti Ronalduning tiklanish haqidagi gapini esladi

Hozirda Braziliya terma jamoasini boshqarayotgan mashhur murabbiy Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Anchelottining aytishicha, Ronaldu u ishlagan futbolchilar orasida eng professional o‘yinchilardan biri. Murabbiy portugaliyalik yulduz bilan bo‘lgan suhbatni eslab, uning “Juda ko‘p suv o‘simlikni o‘ldiradi” degan gapini keltirdi. Anchelotti futbol jismonan katta talab qo‘yishini, biroq tiklanish jarayoni ham shunchalik muhimligini ta’kidladi: ko‘plab jarohatlar aynan ortiqcha yuklama sabab yuzaga keladi.
41 yoshli Krishtianu Ronaldu hozir Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida to‘p surmoqda. Uning shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Ronaldu faoliyati davomida besh marta “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!