date

Mourinyo Vinisius mojarosidan keyingi tanqidlarga javob berdi

Mourinyo Vinisius mojarosidan keyingi tanqidlarga javob berdi

Chempionlar ligasida «Real»ga qarshi bahs atrofidagi shov-shuvdan so‘ng «Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo keskin tanqidlar nishoniga aylandi. Mutaxassis klubni irqchilikda ayblash noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi va Vinisius Juniordan golni nizo uyg‘otadigan tarzda nishonlagani uchun noroziligini yashirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv davomida Vinisius «Benfika» futbolchisi Janluka Prestiannini o‘ziga nisbatan irqchilik qilganlikda ayblagani ham vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Mazkur holat yuzasidan UEFA rasmiy tergov ishlarini boshlab yubordi.

Mourinyoni tanqid qilganlar orasida «Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani ham bor. Mourinyo esa mavzuni keng muhokama qilishdan bosh tortib, «Buni izohlamoqchi emasman. Bu hamma uchun og‘ir bo‘ldi — qaysi darajada qiyinchilik bo‘lganini aniqlashtirmayman, ammo hamma uchun oson bo‘lmagani aniq», dedi.

«Real» va «Benfika» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mourinyo Vinisius mojarosidan keyingi tanqidlarga javob berdi