Anchelotti Ronalduning tiklanish haqidagi fikrini esladi

Hozir Braziliya terma jamoasi bilan ishlayotgan taniqli murabbiy Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Anchelottining aytishicha, portugaliyalik hujumchi u ishlagan eng professional futbolchilardan biri. Murabbiy Ronaldu bilan bo'lgan suhbatdan iqtibos ham keltirdi: "Bir kuni u menga: juda ko'p suv o'simlikni o'ldiradi, dedi". Anchelotti futbol katta jismoniy talab qo'yishini, biroq tiklanish jarayoni hal qiluvchi ahamiyatga egaligini ta'kidladi va ko'plab jarohatlar aynan ortiqcha yuklama sabab yuz berishini qo'shimcha qildi.
41 yoshli Krishtianu Ronaldu hozir Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubida to'p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Ronaldu faoliyati davomida besh bor "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!