date

Anchelotti Ronalduning professional yondashuvi haqida esladi

Anchelotti Ronalduning professional yondashuvi haqida esladi

Hozir Braziliya terma jamoasida ishlayotgan taniqli mutaxassis Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Anchelottining aytishicha, Ronaldu u ishlagan eng professionallardan biri. Murabbiy bir voqeani eslab, portugaliyalik yulduzning: «Haddan tashqari ko‘p suv o‘simlikni o‘ldiradi», degan gapini keltirdi. Anchelotti futbol katta jismoniy yuklama talab qilishini, biroq tiklanish jarayoni ham shunchalik muhimligini ta’kidladi. Uning fikricha, ko‘plab jarohatlar aynan ortiqcha zo‘riqishdan kelib chiqadi.

41 yoshli Krishtianu Ronaldu hozir Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to‘p surmoqda. Uning shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Ronaldu faoliyati davomida besh marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Ronalduning professional yondashuvi haqida esladi