Argentina futboli rahbari Tapia korrupsiya ishi bo'yicha so'roq qilinadi

Argentina Futbol Assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani yuzasidan ochilgan ish doirasida prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
U bilan birga ishda AFA g'aznachisi Pablo Tovigino ham gumonlanuvchi sifatida qayd etilgan. Huquq-tartibot idoralari har ikki mansabdorga mamlakatni tark etishni taqiqladi.
So'roq 5 mart kuni bo'lib o'tishi belgilangan. Tergovga ko'ra, AFA tomonidan to'lanishi kerak bo'lgan ijtimoiy badallar bo'yicha davlat g'aznasiga 13 million dollar yetib kelmagan.
Shuningdek, Tapia mulkiga tegishli, vertolyot maydonchasiga ega 10 gektarlik ko'chmas mulk ham tekshiruv doirasida shubha ostiga olingan.
Prokuratura alohida tartibda futbolchilarga beriladigan bonuslar miqdorini ham o'rganmoqda: ma'lumotlarga ko'ra, bu ko'rsatkich Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlaridan ham kam.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!