date

Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsuli bo‘ldi

Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsuli bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi va «Istanbul Basakshehir» futbolchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida eng ko‘p natija ko‘rsatgan o‘yinchi sifatida peshqadamlik qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21 fevral holatiga ko‘ra (Toshkent vaqti bilan) Shomurodov «gol+pas» tizimida 20 ochko jamg‘ardi: 16 ta gol va 4 ta golli uzatma. U shu tariqa turnir to‘purarlari ro‘yxatida ham birinchi o‘rinda bormoqda.

«Galatasaray» yulduzlari bilan solishtirilganda, Eldor ko‘rsatkichlarda sezilarli ustunlikka ega. Mauro Ikardi barcha o‘yinlarda 13 marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, Viktor Osimhen milliy chempionat doirasida 9 ta gol bilan cheklanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov to‘p suradigan O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilda Shimoliy Amerikada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsuli bo‘ldi