date

Fonseka JChni AQShda o‘tkazishga qarshi chiqdi

Fonseka JChni AQShda o‘tkazishga qarshi chiqdi

Donetskning “Shaxtyor”i va Italiya “Milan”ini boshqargan mutaxassis yana siyosiy mavzudagi chiqishi bilan e’tiborga tushdi. U futbol bo‘yicha jahon chempionatini AQShda o‘tkazish g‘oyasini tanqid qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fonseka fikricha, Donald Trampning prezidentlikka qaytishi ortidan Yevropada AQShdagi jarayonlar borasida xavotir kuchaygan. Murabbiy Amerika rahbari jamiyatning zaif qatlamlarini e’tibordan chetda qoldirib, avvalo shaxsiy manfaatini ko‘zlayotganini aytdi.

“AQSh prezidenti pozitsiyasi shunday: eng ko‘p zarar ko‘rganlarni e’tiborsiz qoldirib, faqat o‘z manfaatini ilgari surish. U odamlar haqida o‘ylamaydi, faqat pulni o‘ylaydi. Futbolning haqiqiy muxlislari va unga sodiq insonlar boshqa joyda bellashishi kerak, AQShda emas”, — deya Fonseka so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fonseka JChni AQShda o‘tkazishga qarshi chiqdi