Argentina futbol rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani haqidagi ish yuzasidan prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
U bilan birga tashkilot g'aznachisi Pablo Tovigino ham ish bo'yicha gumondor sifatida tilga olinmoqda. Huquq-tartibot idoralari ikkala mansabdorga ham mamlakatni tark etishni taqiqladi.
So'roq 5 mart kuni bo'lib o'tishi belgilangan. Tergov AFA tomonidan ijtimoiy badallar sifatida davlat g'aznasiga 13 mln dollar yetib bormagani ortidan boshlangan.
Shuningdek, Tapia nomiga rasmiylashtirilgan, 10 gektar maydonga ega va vertolyot qo'nish maydonchasi bor mulk ham e'tibor markazida.
Prokuraturani futbolchilarga berilgan bonuslar miqdori ham qiziqtirmoqda: bu ko'rsatkich Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlaridan past ekani qayd etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!