FIFA Meksikadagi tartibsizliklar sabab jiddiy xavotirda

Meksikada yuz bergan tartibsizliklar xalqaro futbol rahbariyatini tashvishga soldi. Mamlakat 2026 yilgi jahon chempionati mezbonlaridan biri bo‘lsa-da, hozircha FIFA e’tiborini eng ko‘p tortayotgan masala — yaqinlashib kelayotgan rasmiy o‘yinlar xavfsizligi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mart oxirida aynan Meksikada 2026 yilgi mundialga yo‘llanma beradigan ikkita o‘rin uchun qit’alararo pley-off bahslari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Mamlakatdagi vaziyat barqarorlashmasa, FIFA uchrashuvlarni boshqa maydonga ko‘chirish variantini ham ko‘rib chiqishi mumkin.
The Touchline nashri jurnalist Alejandro Orvanyanosga tayanib, FIFA ichida xavotir tobora kuchayayotganini yozdi. Vaziyatning qanday rivojlanishi keyingi kunlarda oydinlashadi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilishi kerak.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!