date

Fonseka JChni AQShda o‘tkazishga qarshi chiqdi

Fonseka JChni AQShda o‘tkazishga qarshi chiqdi

Donetsk “Shaxtyor”i va “Milan”ning sobiq bosh murabbiyi Paulo Fonseka siyosiy bayonotlari bilan yana e’tibor markaziga chiqdi. U futbol bo‘yicha jahon chempionatini AQShda o‘tkazish g‘oyasini tanqid qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fonseka fikricha, AQSh prezidenti Donald Trampning pozitsiyasi zaif qatlamlarni e’tiborsiz qoldirib, avvalo shaxsiy manfaatlarni ilgari surishga qaratilgan. Murabbiy “u odamlar haqida emas, faqat pul haqida o‘ylaydi” deya ta’kidlab, haqiqiy futbol ishqibozlari va sodiq muxlislar musobaqani AQShdan boshqa joyda o‘tkazishi kerakligini aytdi, deya uning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 11-iyun kuni start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fonseka JChni AQShda o‘tkazishga qarshi chiqdi