Argentina futbol rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roq qilinadi

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani bo'yicha ochilgan ish doirasida prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu ishda tashkilot g'aznachisi Pablo Tovigino ham gumondor sifatida tilga olinmoqda. Huquq-tartibot idoralari ikki mansabdorga ham mamlakatdan chiqib ketishni taqiqladi.
So'roq 5 mart kuni bo'lib o'tishi belgilangan. Tergovga ko'ra, AFA tomonidan to'lanishi kerak bo'lgan ijtimoiy badallar bo'yicha davlat g'aznasiga 13 million dollar yetib kelmagan.
Shuningdek, Tapia mulkida qayd etilgan, vertolyot qo'nish maydonchasiga ega 10 gektarlik qo'rg'on ham shubha ostiga olingan.
Prokuratura alohida tarzda futbolchilarga berilgan bonuslar miqdoriga ham qiziqmoqda: ma'lumotlarga ko'ra, bu ko'rsatkich Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlaridan ham kam.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!