Alessandro Matri Milan oxirida ortiqcha shoshilayotganini aytdi

“Milan”ning sobiq futbolchisi Alessandro Matri klubdagi muammolar haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, uchrashuv yakuniga yaqin jamoa haddan tashqari shoshilib, o‘yin tartibini yo‘qota boshlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Matri fikricha, aynan shu shoshqaloqlik “Parma”ga qarshi o‘yinda 80-daqiqada gol o‘tkazib yuborilgach, kerakli bosimni tashkil etishga xalal bergan. Natijada “Milan” hujumlarini izchil qurish o‘rniga, vaziyatlarni tartibsiz va shoshma-shosharlik bilan yakunlashga o‘tib qolgan.
“Muammo — o‘yin oxiridagi suetada. Futbolchilar mashg‘ulotlarda o‘rgangan narsalarini, darvozaga chiqish yo‘llarini unutib qo‘yadi. Harakatlar sumbur bo‘lib qoladi, shoshilish kuchayadi, xatolar ko‘payadi. Bu, eng avvalo, mental masala”, — dedi Matri. Uning so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Alessandro Matri 2019 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!