date

Anchelotti Neymarni martdagi yig‘inga chaqirmaslikka qaror qildi

Anchelotti Neymarni martdagi yig‘inga chaqirmaslikka qaror qildi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymar bo‘yicha yakuniy qarorga keldi. ESPN’ning Braziliyadagi manbalariga ko‘ra, mutaxassis “Santos” hujumchisini mart oyidagi yaqin yig‘inga chaqirmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu qaror Neymarning yozda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida qatnashish imkoniyatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Qayd etilishicha, Braziliya terma jamoasi keyingi safar allaqachon mundial oldidan yig‘iladi.

Avvalroq OAV 34 yoshli Neymar jahon chempionatida o‘ynashni juda istayotgani, uni asosiy va hatto yagona motivatsiya sifatida ko‘rayotgani haqida ko‘p yozgandi.

Mart oyida Braziliya termasi o‘rtoqlik uchrashuvlarida Fransiya va Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.

“So‘nggi missiya”: Neymar mundial haqida tez-tez gapiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Neymarni martdagi yig‘inga chaqirmaslikka qaror qildi