date

Liverpul va Chelsi APL yulduzi Morgan Rodjers uchun kurashadi

Liverpul va Chelsi APL yulduzi Morgan Rodjers uchun kurashadi

"Aston Villa" yarim himoyachisi Morgan Rodjers APLning yetakchi jamoalari diqqat markazida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

23 yoshli futbolchi noyabr oyida birmingemliklar bilan 2031 yilgacha moʻljallangan yangi shartnoma imzolaganiga qaramay, uning yaqin kelajakda klubni tark etishi ehtimoli ham istisno qilinmayapti. Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko'ra, Angliya terma jamoasi a'zosiga "Liverpul" va "Chelsi" aniq qiziqish bildirmoqda, muzokaralar esa yozda boshlanishi mumkin.

Transfermarkt ekspertlari Rodjersning bozor qiymatini 70 mln yevroga baholamoqda. U joriy mavsumda 38 uchrashuvda 10 ta gol urib, 7 ta golli pas muallifi bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpul va Chelsi APL yulduzi Morgan Rodjers uchun kurashadi