PSJ Matvey Safonovni tugilgan kuni bilan qutladi

Chorshanba, 25 fevral kuni Rossiya terma jamoasi va fransuzning «PSJ» klubi darvozaboni Matvey Safonov tugilgan kunini nishonlamoqda. Bugun golkiper 27 yoshga to'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Parij klubi matbuot xizmati rossiyalik futbolchini bayram bilan tabrikladi.
«Tugilgan kuning bilan, Matvey», — deyiladi «PSJ»ning ijtimoiy tarmoqlardagi tabrigida.
Safonov 2024 yilda «Krasnodar»dan «PSJ» safiga kelib qo'shilgan. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2029 yil yoziga qadar amal qiladi.
25 fevral kuni «PSJ» Chempionlar ligasi doirasida «Monako»ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazadi. O'yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
Safonov yoki Shevale: Enrike «PSJ»ning asosiy darvozabonini tanladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing