Florent Sinama-Pongolle Safonovning PSJdagi o‘yinini maqtadi

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Florent Sinama-Pongolle rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning «PSJ» safidagi o‘yinini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Veteran futbolchi Rossiya chempionatini muntazam kuzatmasligini aytdi, biroq Safonov Fransiyada ham, Yevropada ham e’tibor markazida ekanini ta’kidladi.
«Rossiyalik futbolchilar Chempionlar ligasida yaxshi ko‘rinish beryapti. «PSJ»dagi Safonov ham o‘z ishini puxta bajarmoqda», — deya uning so‘zlarini keltiradi РИА Новости.
2025/2026 yilgi mavsumda Safonov parijliklar tarkibida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol o‘tkazib yubordi. Shuningdek, u o‘z darvozasiga belgilangan 7 penaltidan 5 tasini qaytardi.
Bugun, 25 fevral kuni Safonov 27 yoshga to‘ldi. Klub darvozabonni tug‘ilgan kuni bilan iliq tabrikladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!