Argentina chempionati federatsiyadagi soliq mojarosi sabab to'xtaydi

Argentina chempionati bir haftalik tanaffus oladi: 9-tur uchrashuvlari keyinroq o‘tkaziladi. Bunga mamlakat futbol federatsiyasi atrofida yana bir bor yuzaga kelgan korrupsiya mojarosi sabab bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qizig‘i shundaki, 7 va 8-tur o‘yinlari reja bo‘yicha bo‘lib o‘tadi, tanaffus esa taqvimda 5–8 mart kunlariga to‘g‘ri keladigan aynan 9-turga tatbiq etiladi. Sabab — 5 mart kuni AFA prezidenti Klaudio Tapia tribunal oldida javob berishi kutilmoqda.
derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, sobiq futbolchilar va xodimlarga pensiya to‘lovlari bilan bog‘liq sxema orqali 19 milliard peso miqdoridagi soliqdan qochilgan bo‘lishi mumkin. Yevro hisobida bu qariyb 12 millionni tashkil etadi. Shuningdek, federatsiya pul yuvish jarayonlariga ham aloqador bo‘lishi ehtimoli tekshirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!