Fрайburg Borussiya Myonxengladbahni uyda mag'lub etdi

Germaniya Bundesligasining 23-turida «Frayburg» o'z maydonida «Borussiya» Myonxengladbahni qabul qildi. Uchrashuvda mehmonlar to'p nazoratida ustunroq ko'rindi, biroq zarbalarda aniqlik yetishmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
38-daqiqada standart vaziyatdan keyin «Borussiya» himoyasi to'pni uzoqlashtira olmadi va Mattias Ginter uchib kelgan to'pni volyey uslubida darvozaga yo'llab, hisobni ochdi — 1:0. 74-daqiqada esa Igor Matanovich raqib jarima maydoni ichida to'pni ilib ketib, aniq zarba bilan farqni ikkitaga oshirdi — 2:0.
83-daqiqada Haris Tabakovich «Frayburg» darvozasini ishg'ol etib, o'yinga intriga qaytargandek bo'ldi, ammo hakamlar ofsaydni qayd etdi. Oradan ikki daqiqa o'tib, Tabakovich burchak to'pidan uzatmaga bosh bilan zarba berib hisobni qisqartirdi — 2:1, biroq mehmonlarga qolgan vaqt kambek uchun yetmadi.
G'alabadan so'ng «Frayburg» turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda, «Borussiya» Myonxengladbah esa 14-pog'onada qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!