date

Vinisiusdan oldinda faqat besh madridlik to'purar bor

Vinisiusdan oldinda faqat besh madridlik to'purar bor

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar ligasi pley-offi saralash bosqichida “Benfika”ga qarshi bahsda jamoasining asosiy qahramonlaridan biriga aylandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Braziliyalik forvard ilk uchrashuvda yagona gol muallifi bo'ldi, javob o'yinida ham raqib darvozasini ishg'ol qilib, “Real”ning 2:1 hisobidagi g'alabasiga hissa qo'shdi. Shu tariqa, 25 yoshli futbolchining “qirollik klubi” safida Chempionlar ligasidagi gollari soni 32 taga yetdi va u klub tarixida bu ko'rsatkich bo'yicha oltinchi o'ringa ko'tarildi.

“Real”ning Yevropa Chempionlar kubogi/Chempionlar ligasi tarixida Vinisiusdan ko'proq gol urganlar faqat besh nafar: Krishtianu Ronaldu (105), Karim Benzema (78), Raul (66), Alfredo Di Stefano (49) va Ferens Pushkash (35).

Vinisius Junior 2018 yil yozidan beri La Liga grandi sharafini himoya qilib keladi. Hujumchining amaldagi shartnomasi keyingi mavsum yakunigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vinisiusdan oldinda faqat besh madridlik to'purar bor