AFA atrofidagi soliq mojarosi sabab liga tanaffus qiladi

Argentina chempionati bir haftalik tanaffus oladi: 9-tur uchrashuvlari keyinroq o‘tkaziladi. Sabab — mahalliy futbol federatsiyasi atrofida navbatdagi korrupsiya mojarosi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qizig‘i, 7 va 8-tur bellashuvlari odatdagidek bo‘lib o‘tadi, tanaffus esa taqvim bo‘yicha 5–8 mart kunlariga to‘g‘ri keladigan 9-turga tegishli. Bunga 5 mart kuni AFA prezidenti Klaudio Tapia tribunal oldida javob berishi kutilayotgani sabab bo‘lmoqda.
derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, sobiq futbolchilar va xodimlarga pensiya to‘lovlari bilan bog‘liq sxema orqali 19 milliard peso miqdoridagi soliq to‘lovlaridan qochilgani aytilmoqda — Yevropa valyutasida ham raqam salmoqli, qariyb 12 million yevro. Shuningdek, tashkilot pul yuvish jarayonlarida ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi gumonlar ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!