Endilikda kredit uchun kartadagi pullar oxirigacha yechib olinmaydi

Endi Oʻzbekistonda banklar plastik karta hisobidan avtomatik tarzda pul chiqarishi uchun kartada kamida 1 236 000 soʻm miqdorda mablagʻ qolishi shart. Yangi tartib joriy yilning 15 aprel sanasidan boshlab amalga kiritilgani haqida Axborot dasturi orqali maʼlum qilindi.
Unga koʻra, karta hisob raqamlarida minimal kamaytirib boʻlmaydigan qoldiq belgilandi. Ushbu miqdor bazaviy hisoblash qiymatining 3 baravariga teng boʻlib, hozirgi hisob-kitoblarga koʻra 1 million 236 ming soʻmni tashkil qiladi. Yangi tartibning asosiy mohiyati shundaki, mijozlar karta hisobidan pul yechib olish yoki boshqa moliyaviy amallarni bajarishda ushbu belgilangan minimal summa doimiy ravishda saqlanib qoladi. Yaʼni, karta balansi endi toʻliq nol holatiga tushirilmaydi va har qanday sharoitda ham kamida 1 236 000 soʻm qoladi.
Shu bilan birga, barcha operatsiyalar faqat ushbu chegaradan ortiq boʻlgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi. Masalan, agar kartada umumiy mablagʻ 2 million soʻm boʻlsa, mijoz faqat 764 000 soʻmgacha pul yechib olishi mumkin, chunki qolgan qismi minimal qoldiq sifatida saqlanadi.
Qayd etish lozimki, ushbu cheklov boʻyicha hozircha aniq huquqiy asos, yaʼni qonun, qaror yoki rasman tasdiqlangan nizom ochiqlanmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!