Rinat Dasaev Safonovning PSJdagi o'yinlariga baho berdi

Afsonaviy darvozabon Rinat Dasaev rossiyalik posbon Matvey Safonovning fransuzning «PSJ» klubidagi chiqishlari haqida fikr bildirdi. Safonov jamoa asosiy tarkibida ketma-ket yetti uchrashuvdan beri maydonga tushmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Agar «PSJ» murabbiylar shtabi unga ishonch bildirayotgan bo'lsa, demak hammasi joyida. Men uning o'yinlarini diqqat bilan kuzatmaganman, shu sabab aniq epizodlar bo'yicha tahlil qilishim qiyin», — deya Dasaevning so'zlarini «Chempionat» nashri keltiradi.
Eslatib o'tamiz, Safonov 2024 yil yozida «Krasnodar»dan 20 million yevro evaziga Parij klubiga ko'chib o'tgandi.
2025/2026 yilgi mavsumda Matvey 11 ta uchrashuvda qatnashib, 12 ta gol o'tkazib yubordi. To'rt o'yinda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!