Kostakurta Atalanta o'yinidan hayratda qolganini aytdi

Italiyaning “Atalanta” klubi Chempionlar ligasida keyingi bosqichga chiqqan A Seriyasining yagona vakili bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Dortmundning “Borussiya” jamoasiga ilk o'yinda 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bergamoliklar javob uchrashuvida kuchli kambek namoyish etib, raqibini 4:1 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuvdan so'ng “Milan”ning sobiq futbolchisi Alessandro Kostakurta “Atalanta”ning o'yinini yuqori baholadi. Uning aytishicha, bunday natijani kutmagan bo'lsa-da, jamoa aqlbovar qilmas darajada kuchli o'yin ko'rsatib, Italiya futboli elitasi qatoridagi o'rnini yana bir bor isbotlagan.
Kostakurta yarim himoyachi Mario Pashalichni ham alohida maqtadi va bunday darajadagi yetakchini u Franko Barezi davridan beri ko'rmaganini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, “Atalanta” 2024 yilda Yevropa ligasi g'olibi bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!