date

Tramp joriy etgan millionlik “oltin karta”ni kim oldi?

Tramp joriy etgan millionlik “oltin karta”ni kim oldi?

AQSH prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan kamida 1 million dollarlik “oltin karta” dasturi hozircha kutilganidek ommalashmagan. Associated Press xabariga koʻra, ushbu imtiyozli kartani shu paytgacha atigi bir nafar xorijlik xarid qilgan.

Mazkur “oltin karta” chet el fuqarolariga AQSH hududida qonuniy yashash va ishlash imkonini berishi, keyinchalik esa fuqarolik olish uchun yoʻl ochishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Dastur oʻtgan yil dekabr oyida ishga tushirilgan.

Savdo vaziri Govard Lutnik bu yoʻnalishda umumiy hisobda 1,3 milliard dollarlik “savdo” amalga oshirilganini aytgan. Biroq hozircha “oltin karta”ni aynan kim sotib olgani oshkor etilmagan.

Maʼlumotlarga koʻra, Donald Tramp ushbu gʻoyani 2025 yilda ilgari surgan boʻlib, dastlab kartaning narxi 5 million dollar etib belgilangan edi. Uning taʼkidlashicha, bunday tashabbus orqali xorijiy sarmoyadorlar va iqtidorli mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, davlat budjetiga qoʻshimcha daromad kiritish maqsad qilingan.

Yangi dastur uzoq yillardan beri amal qilib kelayotgan EB-5 investitsion dasturining oʻrnini bosishi kerak. Unga koʻra, kamida 1 million dollar sarmoya kiritib, 10 ta ish oʻrni yaratgan shaxslar AQShda yashash huquqini qoʻlga kiritishi mumkin.

“Hozircha faqat bitta xaridor tasdiqlangan boʻlsa-da, yuzlab talabgorlar navbatda turibdi”, deya taʼkidlagan Govard Lutnik.

Ayni paytda, AQSH davlat qarzi 31,3 trillion dollarga yetgani, joriy yil budjet taqchilligi esa taxminan 2 trillion dollar boʻlishi kutilayotgani maʼlum qilinmoqda. Shu bois bunday investitsion dasturlar iqtisodiy manfaat nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qayd etish joiz, bu kabi “oltin viza” yoki investitsion rezidentlik dasturlari Buyuk Britaniya, Ispaniya, Gretsiya, Kanada kabi qator davlatlarda ham amalda boʻlib, boy investorlarni jalb qilishga xizmat qilib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp joriy etgan millionlik “oltin karta”ni kim oldi?