date

Augsburg Kelnni tovon zarbasi va qarshi hujum bilan yengdi

Augsburg Kelnni tovon zarbasi va qarshi hujum bilan yengdi

Germaniya Bundesligasining 24-turi ochilish uchrashuvida formaga kirib olgan «Augsburg» o'z maydonida «Keln»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bahsda xavfli vaziyatlar ko'p bo'lmadi, ammo birinchi bo'lib mehmonlar hisobni ochib yuborishi mumkin edi: burchak to'pidan uzatmada Erik Martel bosh bilan zarba berib, to'pni ustunga tekkizdi.

55-daqiqada Noakay Benks jarima maydoniga to'pni yetkazib berdi va Rodrigo Ribeyru tovon bilan ajoyib zarba yo'llab, uchrashuvdagi hal qiluvchi gol muallifiga aylandi — 1:0.

Qo'shib berilgan vaqtning 6-daqiqasida «Augsburg» qarshi hujumda yana bir bor raqibni jazoladi: Aleksis Klod-Moris yakuniy nuqtani qo'ydi — 2:0.

G'alabadan so'ng «Augsburg» turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda, «Keln» esa 12-pog'onada qolib ketdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Augsburg Kelnni tovon zarbasi va qarshi hujum bilan yengdi