Luis Enrike PSJ va Chelsi o'yini haqida fikr bildirdi

"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi 1/8 finaliga bo'lib o'tgan qur'a natijalariga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qur'aga ko'ra, parijliklarning raqibi "Chelsi" bo'ldi. Jamoalarning so'nggi uchrashuvi iyul oyida Klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida o'tgan, o'shanda londonliklar fransuz grandini yirik hisobda mag'lub etgandi — 3:0.
"Revansh kayfiyati yo'q, ammo ingliz jamoalariga qarshi o'yinlar doim juda kuchli motivatsiya beradi. Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan beri ko'p narsa o'zgardi — hozir vaziyat butunlay boshqa", — deya Luis Enrikening so'zlarini keltiradi Topskills Sports UK.
PSJning uy uchrashuvi 11 mart kuni bo'lib o'tadi. Javob bahsi esa 17 mart kuni Angliya poytaxti Londonda o'tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!