Slutskiy boshchiligidagi Shanxay Shenhxua turnirni maglubiyat bilan yakunladi

Osiyo Chempionlar ligasida “Shanxay Shenhxua” yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda “Buriram Yunayted”ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun faqat turnir bilan munosib xayrlashish imkoniyati edi, biroq bu urinish ham o‘xshamadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning avvalida “Buriram Yunayted” qisqa vaqt ichida ikkita gol urib oldi, keyin esa “Shanxay Shenhxua” futbolchisi qizil kartochka olib, mezbonlarning ustunligini yanada oshirdi va o‘yin taqdiri amalda hal bo‘ldi.
Leonid Slutskiyning “Shanxay Shenhxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing