date

Anthony Gordon Barselona taqdimotida barchani hayron qoldirdi

Anthony Gordon Barselona taqdimotida barchani hayron qoldirdi

Barselona jamoasining yangi aʼzosi Anthony Gordon juma kuni boʻlib oʻtgan taqdimot marosimida oʻzining ravon ispan tili bilan koʻpchilikni hayratda qoldirdi. Angliyalik hujumchi ushbu mahoratining sababini ochiqladi: "Nyukaslda ispan tili mutaxassisi boʻlgan fizioterapevtim bor edi va biz har kuni muloqot qilardik. Men unga bir kun kelib Barselona safida oʻynashimni va shu sababli til oʻrganmoqchi ekanligimni aytganman. Hozirgi bilimim oʻsha mashgʻulotlar natijasidir", — dedi futbolchi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

25 yoshli hujumchi bolaligidan ushbu klubda oʻynashni orzu qilganini taʼkidladi. Barselona ushbu transfer uchun Nyukasl Yunaytedga 80 million yevrogacha toʻlaydi. Gordon yangi jamoasi bilan 2031-yilgacha moʻljallangan besh yillik shartnoma imzoladi. Maʼlumotlarga koʻra, futbolchiga Bavariya ham jiddiy qiziqish bildirgan, biroq nemis klubi 60 million yevrodan ortiq toʻlashni istamagani uchun kurashdan chiqqan.

Gordon Barselona varianti paydo boʻlishi bilan boshqa barcha takliflarni rad etganini bildirdi. U 2023-yil boshida Evertondan Nyukaslga 45,6 million yevro evaziga oʻtgan edi. "Hakkalar" safidagi yorqin oʻyinlari orqali u Angliya terma jamoasidan joy oldi va hozirda Thomas Tuchel boshchiligidagi jahon chempionati qaydnomasiga kiritilgan.

Oʻtgan mavsumda Anthony Gordon barcha musobaqalarda 46 ta oʻyinda maydonga tushib, 17 ta gol va 5 ta assist muallifiga aylandi. Qizigʻi shundaki, u Chempionlar ligasi doirasida Barselona darvozasini ishgʻol qilishga ham ulgurgan edi. Endilikda mahoratli vinger oʻz orzusidagi jamoa sharafini himoya qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anthony Gordon Barselona taqdimotida barchani hayron qoldirdi