date

Jeremie Frimpong Arsenalning Chempionlar ligasidagi magʻlubiyatini nishonladi

Jeremie Frimpong Arsenalning Chempionlar ligasidagi magʻlubiyatini nishonladi

Liverpul himoyachisi Jeremie Frimpong PSJga qarshi Chempionlar ligasi finalidagi magʻlubiyatdan soʻng Arsenal ustidan kulgani aks etgan videolarga izoh berib, muxlislarni xotirjamlikka chaqirdi. Budapeshtda boʻlib oʻtgan bahsda London klubi penaltilar seriyasida magʻlub boʻlib, oʻz tarixidagi ilk nufuzli yevrokubokni qoʻlga kiritish imkoniyatini boy berdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Kai Havertz hisobni ochganiga qaramay, Ousmane Dembele muvozanatni tikladi. Oʻyinning asosiy va qoʻshimcha vaqtlari 1-1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida Eberechi Eze va Gabriel Magalhaes xatoga yoʻl qoʻyishi natijasida PSJ oʻz unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. Oʻtgan yili Inter ustidan gʻalaba qozongan Parij klubi ketma-ket ikkinchi bor taxtga chiqdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Jeremie Frimpongning Gabrielning xatosidan soʻng sakrab, xursandchilik qilayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Koʻpchilik buni Angliya Premer-ligasi chempioniga nisbatan adovat deb baholadi. Biroq, Bayer Leverkusen sobiq yulduzi vaziyatga oydinlik kiritib, Mikel Arteta jamoasiga nisbatan yomon niyati yoʻqligini bildirdi.

Instagram orqali murojaat qilgan Jeremie Frimpong: "Xotirjam boʻling, doʻstim bilan garov oʻynagan edim va unda gʻolib chiqdim. Shunchaki gʻalabadan xursand boʻldim, xolos", — deya tushuntirish berdi. Bu holat futbol jamoatchiligi oʻrtasida katta muhokamalarga sabab boʻldi.

Arsenalning Londondagi raqibi Chelsi ham vaziyatdan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlarda provokatsion post qoldirdi. Ular muxlislarni "Londonning sovrinlar uyiga" taklif qilib, Stamford Bridge boʻylab sayohatga chorlashdi. Keyinchalik "koʻklar" ohangni yumshatib, Arsenalni Angliya Premer-ligasidagi chempionlik bilan tabriklashdi va kelasi mavsumdagi raqobatni intiqlik bilan kutishlarini bildirishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jeremie Frimpong Arsenalning Chempionlar ligasidagi magʻlubiyatini nishonladi