Samsung Galaxy A34, A54 va M36 modellari uchun One UI 8.5 yangilanishini chiqardi

Samsung kompaniyasi oʻrta segmentdagi smartfonlar uchun One UI 8.5 qobigʻining yakuniy versiyasini tarqatishni kengaytirmoqda. Bugun ushbu yangilanish Galaxy A34 modeli uchun taqdim etildi — A346NKSUEFZE6 raqami ostidagi dasturiy taʼminot Janubiy Koreyada rasman chiqdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Shuningdek, One UI 8.5 versiyasi Galaxy M36 (Koreya bozorida Galaxy Jump 4 nomi bilan tanilgan) va Galaxy A54 (Galaxy Quantum 4) smartfonlari uchun ham ochiqlandi. Galaxy M36 uchun yangilanish hajmi taxminan 3 GBni tashkil etadi va oʻz ichiga 2026-yil may oyidagi xavfsizlik patchini oladi.
Shu bilan birga, Samsung yangiroq boʻlgan Galaxy A55 va Galaxy A35 modellari uchun yangilanish geografiyasini kengaytirdi. Endilikda One UI 8.5 Hindistondagi foydalanuvchilar uchun ham mavjud boʻlib, yaqin vaqt ichida boshqa mamlakatlarda ham tarqatila boshlanadi.
One UI 8.5 interfeysining asosiy xususiyatlari — shaffoflik va xiralashtirish (blur) effektlari yaxshilangan yangi dizayn, toʻliq moslashtiriladigan tezkor sozlamalar paneli hamda bloklash ekranidagi soat shriftlarining qoʻshimcha variantlaridir. Bundan tashqari, Samsung yangi fon rasmlari, takomillashtirilgan Ob-havo ilovasi va kengaytirilgan Soat funksiyalarini qoʻshgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!