date

Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat juda keskinligini aytdi

Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat juda keskinligini aytdi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasidagi raqobat haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Shaharliklar” 1/8 final bosqichida yana bir bor Madridning “Real” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

“Chempionlar ligasi nihoyatda murakkab musobaqa. Istalgan jamoani ayting — har birining o‘z kuchli tomoni bor. Bu turnirda uzoqqa borishni istasang, eng kuchlilarni yengishing kerak. Aks holda, bunga shunchaki loyiq bo‘lmaysan”, — dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.

O‘tgan mavsumda Yevropaning eng nufuzli turnirida “Manchester Siti” aynan “Real”ga yutqazib, pley-offning dastlabki bosqichidayoq musobaqani tark etgandi. Joriy mavsumda jamoalar umumiy bosqichda ham to‘qnash kelishdi va o‘shanda ingliz grandi 2:1 hisobida zafar quchgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat juda keskinligini aytdi