Borussiya mag‘lubiyatsiz yurishini Bavariya to‘xtatib qo‘ydi

Germaniya Bundesligasining 24-turidan o‘tkazilgan bahsda Dortmundning «Borussiya» jamoasi kuchli qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, Myunxenning «Bavariya» klubiga 2:3 hisobida yutqazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Natijada «Borussiya»ning chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlandi. Uchrashuvgacha bu ko‘rsatkich Yevropaning top-5 ligalari orasida amaldagi eng uzun seriya bo‘lib, 16 o‘yindan iborat edi.
Qizig‘i, bu yurish ham aynan «Bavariya»ga qarshi o‘yindan keyin boshlangan: 7-turda myunxenliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan, shundan so‘ng «Borussiya» kechagi oqshomgacha chempionatda yutqazmay kelgandi.
Keyingi turda «shmellar» safarda «Kyoln» bilan to‘qnash keladi. O‘yin 7-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing