date

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilariga tikish sabab qamoq tahdidi bor

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilariga tikish sabab qamoq tahdidi bor

Turkiyaning ikki grandi — Galatasaray va Fenerbahche safidagi futbolchilar tikish mojarosi ortidan qamoq jazosi bilan yuzlashishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap Galatasaray futbolchisi Metehan Baltaji hamda Fenerbahche sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Birinchisiga 13 yilgacha, ikkinchisiga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etish xavfi bor.

Sabah nashri xabariga ko‘ra, Baltaji kamida ikki bor Galatasaray o‘yinlariga tikish qo‘ygan. U o‘sha bahslarda asosiy tarkibda bo‘lmagan, biroq uchrashuv qaydnomasiga kiritilgani sabab natijaga ta’sir o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lgan.

Amaldagi turk qonunchiligiga muvofiq, u bukmekerlarga professional sportchi ekanini bildirishi shart edi, ammo buni qilmagani ta’kidlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasaray va Fenerbahche futbolchilariga tikish sabab qamoq tahdidi bor