date

Arbeloa Real Manchester Siti bilan jangga shay bo'ladi

Arbeloa Real Manchester Siti bilan jangga shay bo'ladi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa “Manchester Siti”ga qarshi bo'ladigan Yevropa Chempionlar ligasi bahsi oldidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, ikki grand o'rtasidagi to'qnashuv tomoshabop kechishi kutilmoqda. Arbeloa “Real” muxlislari raqibning kuchini inobatga olgan holda bu uchrashuvga alohida qiziqish bilan qarashini ta'kidladi va jamoasi belgilangan paytga kelib to'liq tayyor bo'lishini qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, “Real” va “Manchester Siti” Chempionlar ligasi 1/8 finalida to'qnash keladi. Dastlabki o'yin 11 mart kuni Madridda, javob bahsi esa 17 mart kuni Manchesterda bo'lib o'tadi.

O'tgan mavsumgi Chempionlar ligasida “qaymoqranglilar” “shaharliklar”ni pley-off bosqichida musobaqadan chiqarib yuborgandi (3:2, 3:1).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Real Manchester Siti bilan jangga shay bo'ladi