date

Joao Cancelo Yevropaning to‘rtta top-ligasida chempion bo‘lgan ilk futbolchiga aylandi

Joao Cancelo Yevropaning to‘rtta top-ligasida chempion bo‘lgan ilk futbolchiga aylandi

Barselona jamoasi El-Klasikoda Real Madrid ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, muddatidan avval Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyat nafaqat kataloniyaliklar uchun 29-chempionlik unvoni, balki himoyachi Joao Cancelo uchun ham tarixiy voqea bo‘ldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Yanvar oyida Al Hilal klubidan ijaraga olingan Joao Cancelo joriy mavsumda Barselona tarkibida asosiy o‘yinchilardan biriga aylandi. U 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Hansi Flick qo‘l ostidagi jamoaning ketma-ket 11-g‘alabasi portugaliyalik futbolchining faoliyatidagi muhim yutuqqa aylandi.

Ushbu g‘alaba orqali Joao Cancelo Yevropaning kuchli beshlik ligalaridan to‘rttasida chempionlikni qo‘lga kiritgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi. U bungacha Yuventus bilan Italiya A Seriyasida, Manchester Siti bilan Angliya Premer-ligasida va Bavariya bilan Germaniya Bundesligasida zafar quchgan edi.

Futbol tarixida David Beckham, Cristiano Ronaldo va Zlatan Ibrahimovic kabi yulduzlar uchta turli top-chempionatda g‘olib chiqishgan bo‘lsa-da, to‘rtinchi ligani zabt etish hech kimga nasib etmagan edi. Joao Cancelo endilikda faqat Fransiya chempionatini qo‘lga kiritish orqali barcha top-ligalarni to‘liq zabt etish imkoniyatiga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Joao Cancelo Yevropaning to‘rtta top-ligasida chempion bo‘lgan ilk futbolchiga aylandi