date

Lamine Yamal Jud Bellingemga javob qaytardi

Lamine Yamal Jud Bellingemga javob qaytardi

Barselona La Liga doirasidagi El-Klasikoda Real Madrid ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi. Uchrashuvdan soʻng yosh iqtidor egasi Lamine Yamal ijtimoiy tarmoqlarda Jud Bellingemga qarata kinoyali xabar qoldirdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Yamal oʻzining Instagram sahifasida Ferran Torresning golini nishonlayotgan videosini joylab, unga "gapirish oson" degan izoh qoldirdi va kulgi emojilarini ilova qildi. Bu Bellinghamning mavsum boshidagi soʻzlariga toʻgʻridan-toʻgʻri javob edi.

Mojaro oʻtgan yilning oktyabr oyida, Real Madrid 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyindan soʻng boshlangandi. Oʻshanda Jud Bellingem ijtimoiy tarmoqlarda "gapirish oson, doim Hala Madrid" deb yozgan edi. Bu Yamalning hakamlik borasidagi tanqidlariga javob sifatida qabul qilingandi.

Hansi Flick shogirdlari ushbu gʻalaba evaziga ketma-ket ikkinchi marta Ispaniya chempionligini qoʻlga kiritishdi. Marcus Rashford va Ferran Torresning gollari Barselona muxlislariga katta bayram tuhfa etdi, Real Madrid esa mavsumni sovrinsiz yakunladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lamine Yamal Jud Bellingemga javob qaytardi