date

James Rodriguez faoliyatini yakunlash niyatida emas

James Rodriguez faoliyatini yakunlash niyatida emas

Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi James Rodriguez yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatidan so‘ng faoliyatini yakunlashi haqidagi xabarlarni rad etdi. MLS vakili Minnesota United safida qisqa muddatli shartnoma asosida to‘p surayotgan 34 yoshli futbolchi hali bir necha yil yuqori saviyada o‘ynashga qodirligini ta’kidladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Austin FC jamoasiga qarshi kechgan va 2:2 hisobida yakunlangan bahsdan so‘ng Apple TV muxbirlariga intervyu bergan Rodriguez bu mish-mishlarni asossiz deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday yolg‘on xabarlar faqatgina shov-shuv ko‘tarish va ijtimoiy tarmoqlarda layk yig‘ish maqsadida tarqatilmoqda.

"Qachon faoliyatimni yakunlashimni faqat o‘zim bilaman va bu haqda oldindan xabar beraman. Hozircha esa o‘z oldimda yana bir necha yillik faoliyatni ko‘ryapman. O‘z tanamga yaxshi qarayapman va mashg‘ulotlarda bor kuchim bilan ishlayapman", — dedi tajribali yarim himoyachi.

Minnesota United bilan shartnomasi yakunlanayotgan futbolchi endilikda bor e’tiborini Kolumbiya terma jamoasining Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoniga qaratadi. Uning so‘nggi uchrashuvi chorshanba kuni Colorado Rapids jamoasiga qarshi bo‘lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » James Rodriguez faoliyatini yakunlash niyatida emas