SpaceX Starship V3 raketasining navbatdagi sinovlari muvaffaqiyatli o‘tdi

1 daqiqa o'qish324
SpaceX Starship V3 raketasining navbatdagi sinovlari muvaffaqiyatli o‘tdi

SpaceX kompaniyasi Starbase kosmodromining 2-maydonchasida Starship Flight 12 missiyasi uchun «ho‘l» general repetitsiyani (Wet Dress Rehearsal) muvaffaqiyatli yakunladi. Bu jarayon raketa va yer usti tizimlarining parvoz oldidan o‘tkaziladigan yakuniy kompleks sinovi hisoblanib, yoqilg‘i baklarini to‘ldirish va ortga hisoblash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Sinovda yangi avlod raketasining to‘liq yig‘ilgan nusxasi, ya’ni Booster 19 tezlatgichi va Ship 39 kemasi ishtirok etdi. 10-may kuni o‘tkazilgan birinchi urinish texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan edi, biroq bu safar SpaceX muhandislari barcha bosqichlarni muvaffaqiyatli yakunlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Kompaniya raketani rekord darajada tez — atigi 30 daqiqa ichida yoqilg‘i bilan to‘ldirdi va dvigatellarni yoqmagan holda T-0 bosqichigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni amalga oshirdi. Sinov tugagach, yoqilg‘i chiqarib tashlandi va Starbase atrofidagi yo‘llar qayta ochildi.

Avvalroq SpaceX 33 ta Super Heavy dvigatelining muvaffaqiyatli sinovini o‘tkazgan edi. Hozirgi rejalarga ko‘ra, Starship Flight 12 parvozi 15-maydan ertaroq amalga oshirilmaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?