Barselona yarim himoyachisi Fermin Lopez jarohat sabab mundialni o‘tkazib yuboradi

Barselona klubi yarim himoyachisi Fermin Lopez jiddiy jarohat oldi. 23 yoshli futbolchi La Liga doirasida Real Betisga qarshi kechgan bahsda (3:1) oyog‘idan jarohat olib, birinchi bo‘limdan so‘ng maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Klub rasmiy bayonotiga ko‘ra, tibbiy ko‘riklar futbolchining o‘ng oyog‘i beshinchi metatarsal suyagi singanini tasdiqladi. Shu sababli, iqtidorli yarim himoyachi jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi kerak bo‘ladi.
Ushbu noxush xabar Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente uchun kutilmagan zarba bo‘ldi. Fermin Lopez yaqinlashib kelayotgan jahon chempionati uchun tarkibga kiritilishi kutilayotgan edi, biroq tiklanish jarayoni kamida olti-sakkiz hafta davom etishi uning mundialdagi ishtirokini imkonsiz qiladi.
Fermin Lopez Barselona tarkibida mavsumning muhim o‘yinchisiga aylangan edi. U nafaqat klubning so‘nggi turdagi Valensiyaga qarshi o‘yinini, balki Ispaniya terma jamoasining 15-iyun kuni Kabo-Verdega qarshi boshlanadigan jahon chempionati bahslarini ham o‘tkazib yuboradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!