Sunʼiy intellekt qaysi smartfon brendlarini koʻproq tavsiya qilmoqda?

AIMonitor.pro platformasi Rossiyada ilk bor sunʼiy intellekt xizmatlari tomonidan elektronika brendlari va chakana savdo tarmoqlarining tavsiya etilish darajasini oʻrganib chiqdi. Tadqiqot aprel oyida Alisa AI, ChatGPT, DeepSeek va Perplexity kabi mashhur platformalarning javoblari asosida tahlil qilindi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Elektronika ishlab chiqaruvchilari orasida Apple (21%), Samsung (19,2%) va Xiaomi (14,5%) yetakchilik qilmoqda. Ulardan keyingi oʻrinlarni Huawei (12%) va Lenovo (6,5%) band etgan. Smartfonlar toifasida esa Samsung (24,3%) yaqqol ustunlikka ega, Apple esa 12% koʻrsatkich bilan ikkinchi oʻrinda qayd etilgan.
Chakana savdo tarmoqlari boʻyicha M.Video (18,9%) va Ozon (17,8%) eng koʻp tavsiya etilayotgan platformalar hisoblanadi. Shuningdek, Yandex Market, DNS va Eldorado ham roʻyxatdan oʻrin olgan. Qizigʻi shundaki, sunʼiy intellekt brendni tanlash va uni qayerdan xarid qilish boʻyicha turlicha tavsiyalar beradi.
Tahlillar shuni koʻrsatadiki, tavsiyalar foydalanuvchilarning qiziqishlariga qarab farqlanadi. Masalan, geymerlarga koʻproq M.Video, blogerlarga esa Ozon tavsiya etiladi. 14–17 yoshli auditoriya orasida esa sunʼiy intellekt orqali xarid qilish afzalliklarini shakllantirish tendensiyasi yaqqol kuzatilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!