Aziz futbol muxlislari! O‘qimang emas, o‘qing! Axir quyida keltirilgan mulohazalar yillar davomida qalbingizni kemirib kelayotgani rost...
Hech kimga sir emaski, XXI asr texnologiyalar asri. Olimlar odamlarning maishiy turmush tarzini yanada yaxshilash maqsadida har xil robotlar ishlab chiqarishmoqda. Ular esa insoniyatning katta hajmdagi qiyin ishlarini o‘zlari bajarib, yuqori darajada foyda keltirmoqda.
Tan olaylik, ayni damda O‘zbekistonda ayrim davlatlarda yaratilgan sharoit yoki imkoniyatlarning deyarli hammasi yo‘q. Uzoq emas, yaqin Qatar va Saudiya Arabistoni davlatlarining futbol bo‘yicha milliy chempionatlariga razm solamiz. Ularda shunday texnikalar borki, futbolning rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda.
Keling, oddiy muxlis sifatida so‘raymiz...
Siz O‘zbekiston milliy chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarning jismoniy holatidan xabardormisiz?
Ular bir o‘yinda o‘rtacha qancha kilometr masofani yugurib o‘tadi? Nega marta aniq va noaniq harakatlar bilan to‘p uzatadi?
Futbolchilarning maksimal tezligi qancha?
O‘yin davomida raqib darvozasi tomon necha marta zarba beriladi? Zarbalarning kuchi qanday?
Xo‘sh, siz bu savollarga javob bera olasizmi...
Kim bu borada bizga baralla ovozda “MEN” deb javob berarkin?
Klub matbuot xizmati vakillarini to‘g‘ri tushunamiz. Ularning kundalik vazifalari bilan yaxshi tanishman. Katta hajmdagi ishlarni o‘z bo‘yniga olishgan. Ammo o‘yin yakunlanganidan keyin jilla qursa “uchrashuv statistikasi” ham taqdim etishmaydi.
Ko‘ryapsizmi? O‘zbekistonda shu jihat borasida biror sayt aniq ma’lumotlarni tarqatmaydi. Hatto Birinchi liga jamoalarining matbuot kotiblari ba’zida Oliy Liga jamoalaridagi hamkasblaridan yaxshiroq ishlashmoqda.
Yevropa Chempionlar Ligasi o‘yinlarini ko‘rasiz. Bu natijalarning barchasi onlayn tarzda hisoblab boriladi hamda UYeFA rasmiy saytida e’lon qilinadi. Teletranslyatsiyalar davomida namoyish etib boriladi.
Aslida, bunday texnologiyani O‘zbekistonga jalb etish qiyinmas. Futbolchilarning oyoq kiyimi (butsa) tagida maxsus chip qo‘yiladigan joyi bor. U butsaning tagida, ya’ni o‘rtasida joylashgan bo‘ladi.
Chiplar orqali natijalarni birgina smartfon orqali kuzatib borsa bo‘ladi. Butun bir jamoaning natijalarini esa birgina kompyuter dasturi hisoblay oladi. Bunday texnikani olib kelish uchun milliarder bo‘lish shart emas.
Shak shubhasiz bunday texnika faqat foyda uchun xizmat qiladi. Uning ijobiy taraflarini keltirib o‘tamiz.
1. Avvalo biz futbolchilarning jismoniy holati haqida katta ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Futbolchilarning qanday kuchga ega ekanligi bilan ham yaqinroq tanishamiz.
2. Terma jamoa, klub murabbiylari ham futbolchilarning natijasi bilan tanishib boradi va kim aslida qanday ekanligini bilib oladi.
3. Natijasi past bo‘lgan futbolchilar xalq oldida yomon ko‘rinib qolmaslik uchun temp qo‘shadi, faol bo‘ladi, ko‘proq yuguradi.
4. Natijalar orqali o‘z kamchiliklarini ko‘radi hamda yanada ko‘proq o‘z ustida ishlaydi. Agar ishlagisi kelsa... yoki ... yana o‘zi biladi!
5. Agarda xorij jamoasi o‘zbekistonlik futbolchini xarid qilish istagida bo‘lsa, xaridor birinchi o‘rinda boshqa futbolchilarning natijalarini solishtirib ko‘radi. Chunki, futbolchini tekinga sotib olmayapti.
Ana o‘shanda chetga chiqqan futbolchilar o‘z transferini oqlashi mumkin.
Demoqchimizki, Igor Sergeyevning kuni chetga chiqqan futbolchilar boshiga tushmaydi. O‘z vaqtida O‘zbekiston terma jamoasining almashtirilmas hujumchisi Igor Sergeyev Xitoyni sayohat qilib kelgandi.
Bunday texnika va texnologiya orqali o‘zbek futboli bundanda yuqoriroqqa ko‘tarilishi aniq!
PS: Azizlar, yozganlarimni o‘qimasligingizga, qo‘shilmasligingizga haqqingiz bor. Biz jurnalistlar o‘zbek futbolini katta cho‘qqilarga ko‘tarilishini, stadionlarga muxlislar qaytishini xuddi sizdek istaymiz. Biroq qo‘limizdan kelgani takliflar bera olish. Qolgani mas’ul shaxslarning ishlariga bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan kuni “Futbol muxlislari o‘qimasin! O‘zbekiston futbolining kelajagi bormi?” nomli turkum maqolalarning birinchisini e’lon qilgan edik. Unda milliy futbolning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi haqida tahliliy fikr-mulohazalar, bahs-munozaralar yuritilgan.
Akmalxon Eshonxonov
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bayden Ukraina uchun Kongressdan yashirincha 24 mlrd dollar so‘radi
Shols Zelenskiyga Putin bilan suhbati tafsilotlarini oshkor qildi