
Jahon sportida taqqoslashlar an’anaga aylangan. Futbolda Ronaldu va Messi munozarasi so‘nggi 15 yil davomida markaziy munozara nuqtasi bo‘lib qolmoqda. Huddi shunday, so‘nggi paytda O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolida ham katta rivojlanish bosqichi boshlandi, bu esa qo‘shni mamlakatlarning o‘zaro taqqoslanishiga sabab bo‘lmoqda.
Angliya Grandlarining e’tirofi
Keyingi paytda ikki mamlakatning yosh qahramonlari – Abduqodir Husanov (O‘zbekiston) va Dastan Satpayevni (Qozog‘iston) taqqoslash trendga aylandi. Sabab oddiy: har ikki o‘yinchining alohida iqtidori Angliya Premer-ligasining top-klublari — «Manchester Siti» va «Chelsi» tomonidan tan olingan.
Husanov: 40 million yevrolik tarix
21 yoshli markaziy himoyachi Abduqodir Husanov 2025 yil 20 yanvarda Fransiyaning «Lans» klubidan 40 million yevro evaziga Xosep Gvardiola boshqaruvidagi «Manchester Siti» klubiga sotib olingan. U Belarusning «Energetik-BGU» jamoasida shakllanib, Fransiyada to‘p tepgan.
Husanov Angliya chempionatida maydonga tushgan va gol urgan ilk o‘zbekistonlik professional futbolchi sifatida tarixga kirdi. U klublar miqyosida 85 ta uchrashuvda 5 ta gol va 5 ta samarali uzatmalarni amalga oshirgan, shuningdek, 2023 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 24 ta bahsda qatnashgan.
Satpayev: "Chelsi"ning katta istiqboli
17 yoshli hujumchi Dastan Satpayev esa «Qayrat» klubida tarbiya topgan. Uning salohiyatini payqagan «Chelsi» klubi o‘yinchi uchun 2,4 million yevro to‘lab, uni o‘z safiga qo‘shib oldi, ammo tajriba orttirishi uchun uni hozircha Qozog‘iston klubida qoldirdi. Dastan 2026 yil yozida «Chelsi» U-21 tarkibiga qo‘shiladi. Satpayev 78 ta uchrashuvda 47 ta gol urib, 18 ta assistni rasmiylashtirgan – bu hayratlanarli ko‘rsatkich.
Murabbiy Kumikov: "Taqqoslash noo‘rinidir"
Xo‘sh, bu ikki iqtisoddan qaysi biri kuchli? Bu savolga ikki mamlakat futbolini juda yaxshi biladigan rossiyalik tajribali mutaxassis Viktor Kumikov javob berdi. (U O‘zbekistonda «Mash’al», «Nasaf» va OКMK kabi klublarni boshqargan).
Kumikovning fikricha:
«Avvalo, bu ikki futbolchini taqqoslash noo‘rinidir».
«Birinchidan, ular turli pozitsiyalarda o‘ynaydi (Husanov himoyachi, Satpayev hujumchi)».
«Ikkinchidan, Husanov ancha tajribali va bir necha yildan beri xorijda o‘ynayapti. Satpayev esa, hali katta istiqbolli o‘yinchi hisoblanadi va faqat Qozog‘istonda o‘ynayapti».
Ikkalasiga ham xalqaro maydonda omad tilaymiz!
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.