date

Shomurodovning chiroyli goli Bashakshehirga g‘alaba keltirmoqda (video)

Shomurodovning chiroyli goli Bashakshehirga g‘alaba keltirmoqda (video)

Turkiya chempionatining 13-turi doirasida «Bashakshehir» o‘z maydonida kuchli raqibi «Trabzonspor» klubiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu keskin uchrashuvni «Bashakshehir» safida O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi Eldor Shomurodov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Davi Zelke mezbonlar uchun hisobni ochgan bo‘lsa, 37-daqiqada Felipe Augusto da Silva muvozanatni tikladi. Ammo birinchi bo‘lim tugashi arafasida, ya’ni 45-daqiqada Eldor Shomurodov sherigi tomonidan havoda uzatilgan to‘pni mohirlik bilan bosh bilan darvozaga yo‘llab, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Uning bu goli juda chiroyli va muhim vaqtda urildi. Shu tariqa jamoalar tanaffusga yo‘l olishdi.

Yana bir o‘zbekistonlik iqtidorli futbolchi Abbos Fayzullayev jarohatdan muvaffaqiyatli tiklanib, uchrashuvning zaxira futbolchilari qatoridan joy oldi.

Turkiya Superligasi. 13-tur

Bashakshehir — Trabzonspor 2:1

24 noyabr, Fotih Terim nomidagi stadion

Bashakshehir — Shengezer, Bulut, Duarte, Ba, Ebosele, Zelke, Kemen, Gunesh, Turuch, Harit, Shomurodov.

Trabzonspor — Onana, Pina, Batagov, Eskixellach, Oulai, Folkarelli, Zubkov, Yokushlu, Felipe Augusto, Vishcha, Onuachu.

Mazkur turdan oldin «Bashakshehir» 13 ochko bilan 12-pog‘onani, «Trabzonspor» esa 25 ochko bilan 3-o‘rinni band qilib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning chiroyli goli Bashakshehirga g‘alaba keltirmoqda (video)