
Madridning «Real» klubi yetakchilaridan biri, iqtidorli yarim himoyachi Jud Bellingem jamoatchilik tomonidan o‘ziga nisbatan bildirilayotgan turli munosabatlar va tanqidlarga qanday qarashini ochiqladi.
Angliyalik futbolchining ta’kidlashicha, «Qirollik klubi» sharafini himoya qiluvchi har qanday o‘yinchi doimiy e’tibor markazida bo‘lishi va u haqda tinimsiz gap-so‘zlar yuritilishi odatiy holdir.
«Futbolchilar, ayniqsa, «Real Madrid»dek buyuk jamoa a’zolari haqida ko‘p gapirishlari – bu tabiiy jarayon. Men haqimda ham minglab insonlar turlicha fikr bildiradi, kimdir chin dildan qayg‘uradi, yana kimdir qo‘llab-quvvatlaydi», — deydi futbolchi.
Shuningdek, Bellingem o‘zi uchun tashqaridagi shov-shuvlar emas, balki yaqin insonlarining bahosi birinchi o‘rinda turishini ma’lum qildi.
«Lekin men uchun chindan ham qadrli va ahamiyatli bo‘lgan narsa — bu «Real»ning sadoqatli muxlislari, maydondagi jamoadoshlarim va eng asosiysi, bosh murabbiyimning men haqimdagi fikridir. Qolgan gaplar men uchun ikkinchi darajali», — deya qo‘shimcha qildi Jud.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.