
"Barselona" La Liga doirasida "Kamp Nou" stadioniga gʻalabali qaytishni amalga oshirdi va "Atletik Bilbao"ni 4:0 hisobida magʻlub etdi. Oʻyindan soʻng "koʻk-anorranglilar" bosh murabbiyi oʻzining uzoq yillik orzusini roʻyobga chiqarganini eʼtirof etdi.
"Juda-juda uzoq vaqt oldin, uchinchi darajali jamoani tark etganimda, oʻzimga bir kun kelib "Kamp Nou"da "Barselona" bosh murabbiyi sifatida oʻtiraman, deb aytgandim. Bugun bu orzuning amalga oshganini koʻryapman.
Bu esa mehnat orqali hamma narsaga erishish mumkinligini isbotlaydi", – dedi Flik "Barca Universal"ga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, nemis mutaxassisi 2024-yilning yozida kataloniyaliklar boshqaruviga kelgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.