date

Alonsonig keskin javobi: Istefo va Vinisius mojarosiga munosabat bildirdi!

Alonsonig keskin javobi: Istefo va Vinisius mojarosiga munosabat bildirdi!

"Real" Madrid klubining ustozi Xabi Alonso atrofida so‘nggi paytlarda aylanayotgan iste’fo haqidagi gap-so‘zlarga javob qaytardi. Unga ko‘ra, bunday xabarlar uning diqqatini chalg‘ita olmaydi va ishiga mutlaqo ta’sir qilmaydi.

Vinisius mojarosi va keskinlik

Indykaila News va The Athletic nashrlariga ko‘ra, bu holatga jamoaning asosiy vingeri Vinisius Junior bilan murabbiy o‘rtasidagi o‘zaro aloqalardagi sovuqlik turtki bo‘layotgani qayd etilgan. Xabar qilinishicha, braziliyalik futbolchi Alonsoga nisbatan behurmatlik namoyish etgan va u murabbiy jamoa boshida turgan paytda yangi shartnoma imzolashni qat’iyan istamayotgan.

Alonsoning qat’iy pozitsiyasi

Alonso esa bu kabi xabarlarga qat’iy ravishda munosabat bildirdi:

«Klub rahbariyatidan ommaviy dastak (qo‘llab-quvvatlash) bayonotiga zaruriyatim yo‘q. Men har kuni rahbariyat bilan muloqotdaman, shuning o‘zi yetarli. Iste’fo haqidagi gap-so‘zlar menga ta’sir qilmaydi. Mening e’tiborimni faqat mashg‘ulot va bellashuvlarga qaratganman».

Murabbiy hozir jamoada hech kim vaziyatdan mamnun emasligini tan oldi, ammo bundan chiqish yo‘lini topishga ishora qildi. Ma’lumot uchun, ayni damda "Real" La Liganing 13 turidan keyin 32 ochko bilan chempionatda peshqadam bo‘lib turibdi, shunga qaramay, Alonsonig kelajagi haqidagi taxminlar, jumladan, yanvar oyida "Liverpul"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar tinmayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Alonsonig keskin javobi: Istefo va Vinisius mojarosiga munosabat bildirdi!